MADADAPEX LIFE

MADAD — hayotga g‘amxo‘rlikning yangi darajasi

MADAD — ilk bor tashxis qo‘yilgan og‘ir kasalliklar holatida sug‘urta himoyasini ta’minlovchi dastur

Kritik va onkologik kasalliklardan sug‘urtalash

MADAD - insonda birinchi marta og'ir kasallik aniqlangan va davolanish talab etiladigan holatlar uchun yaratilgan. Dastur tibbiy yordamni tashkil etishga ko‘maklashadi: tashxisni ko‘rib chiqish va tasdiqlashdan boshlab, tibbiy muassasani tanlash, davolash rejasini kelishish va zarur xizmatlarni tashkil etishgacha. Sug‘urta hodisasi yuz berganda, davolash tanlangan dastur shartlariga muvofiq tashkil etiladi.

MADAD bilan nimalarga ega bo‘lasiz?

Agar kutish davri tugaganidan so‘ng sug‘urta qoplamasiga kiruvchi kasallik yoki holat birinchi marta tasdiqlansa, MADAD dasturi quyidagilarni taqdim etadi:

Davolashni tashkil etish
001

Davolashni tashkil etish

MADAD kelishilgan davolash rejasiga muvofiq davolashni tashkil etish va uning bosqichlarini muvofiqlashtirishga yordam beradi.

Tibbiy yordam
002

Tibbiy yordam

Dasturda nazarda tutilgan tibbiy va boshqa xizmatlar sug‘urta qoplamasi summasi doirasida to‘lab beriladi.

Tibbiy muassasani tanlashda yordam
003

Tibbiy muassasani tanlashda yordam

Tibbiy muassasa tibbiy zarurat va Sizning dasturingizda ko'rsatilgan hududni hisobga olgan holda tanlanadi.

Telemeditsina
004

Telemeditsina

Telemeditsina xizmatlari barcha dasturlarda nazarda tutilgan.

Aviaparvoz va yashash
005

Aviaparvoz va yashash

Dasturlarda Sug‘urtalangan shaxs va uni kuzatib boruvchi bir nafar shaxs uchun aviaparvoz va yashash xarajatlarini qoplash nazarda tutilgan — jami 2 kishi.

MADAD qaysi kasalliklarni qoplaydi?

01

Onkologiya

Birinchi marta tashxis qo‘yilgan, gistologik tekshiruv bilan tasdiqlangan va faol o‘smaga qarshi davolashni talab etadigan xavfli o‘sma.

02

Neyroxirurgiya

Bosh miya yoki orqa miyada, umurtqa pog‘onasida yoxud periferik asab tizimida o‘tkazilishi tibbiy jihatdan zarur bo‘lgan va tegishli ixtisoslikdagi neyroxirurg tomonidan tayinlangan neyroxirurgik operatsiya.

03

Yurak operatsiyasi

Yurak klapanlarida o‘tkazilishi tibbiy jihatdan zarur bo‘lgan va tegishli ixtisoslikdagi kardiojarroh tomonidan tayinlangan operatsiya.

04

Donor to‘qimalari va a’zolarini transplantatsiya qilish

Qonuniy donordan yurak, jigar, buyrak yoki o‘pkani ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha tibbiy jihatdan zarur transplantatsiya harajatlari.

OnkologiyaNeyroxirurgiyaYurak operatsiyasiDonor to‘qimalari va a’zolarini transplantatsiya qilish

MADAD davolashni qanday tashkil etadi?

01

Tashxis

Siz yoki yaqinlaringiz birinchi marta aniqlangan kasallik haqida MADAD kontakt-markaziga xabar berasiz va mavjud tibbiy hujjatlarni taqdim etasiz.

02

Tashxisni tekshiramiz

Mutaxassis shifokorlarimiz tashxisni tasdiqlash va eng maqbul davolash usulini aniqlash maqsadida takroriy (muqobil) tibbiy ekspertizani tashkil etadi.

03

Klinika va shifokorni tanlaymiz

Tashxis va Sizning dasturingiz bo‘yicha sug‘urta qoplamasi amal qiladigan hududni hisobga olgan holda tegishli tibbiy muassasa va mutaxassisni tanlaymiz.

04

Davolash rejasini kelishamiz

Klinika, mamlakat va davolash dasturi davolash boshlanishidan oldin sug‘urtalangan shaxs, sug‘urta kompaniyasi va tibbiy hamkor bilan kelishiladi.

05

Safar va joylashishni tashkil etamiz

Agar davolash doimiy yashash joyidan tashqarida amalga oshirilsa, Siz va Sizni kuzatib boruvchi bir nafar shaxs uchun aviaparvoz, transfer va yashashni tashkil etamiz.

06

Davolash va gospitalizatsiyani tashkil etamiz

Kelishilgan davolash rejasi doirasida zarur tekshiruvlar, operatsiyalar va muolajalarni o‘z ichiga olgan davolashni to‘laymiz va muvofiqlashtiramiz.

07

Barcha bosqichlarda hamrohlik qilamiz

Kurator 24/7 aloqada bo‘ladi, davolash jarayonini nazorat qiladi va zarurat bo‘lganda davolash tugaganidan keyin dori vositalari bilan bog‘liq masalalarda yordam beradi.

Qayerda davolanish mumkin?

Dasturning tibbiy tarmog‘i bir nechta mamlakatlardagi yetakchi klinikalarni qamrab oladi. Mamlakatlarning aniq ro‘yxati tanlangan dasturga bog‘liq:

  • O‘zbekiston
  • Germaniya
  • Turkiya
  • Rossiya
  • Ispaniya
  • Hindiston
  • Janubiy Koreya
  • Xitoy

Sug'urta dasturlari

Tarif

Standart

$100 000

Tarif qiymati

Tarif

Optimal

$100 000

Tarif qiymati

Tarif

Premium

$200 000

Tarif qiymati

Dastlabki hisob-kitob. Aniq hisob-kitob uchun mutaxassisga murojaat qiling.

Davolanish uchun murojaat qilishdan oldin nimalarni bilish kerak?

Ko‘p beriladigan savollar

Sug‘urta boshlanadigan sanada 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetgan shaxslar, bunda shartnoma amal qilish muddati tugaydigan sanada ularning yoshi 65 yoshdan oshmasligi kerak.

3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar sug‘urtalangan qaramog‘idagi shaxslar sifatida sug‘urtaga qabul qilinadi.

MADAD kontakt-markaziga qo‘ng‘iroq qilish va tibbiy hujjatlarni taqdim etish kerak.

Shundan so‘ng kurator tashxisning mustaqil ravishda qayta tekshirilishini tashkil etadi va agar holat sug‘urta hodisasi deb e’tirof etilsa, davolashning o‘zini tashkil etadi.

Yo‘q.

Dastur faqat sug‘urta shartnomasi amal qilishi boshlanganidan va kutuv davri tugaganidan keyin birinchi marta aniqlangan kasalliklarni qoplaydi.

Qo‘shimcha kelishuv asosida davolashni davom ettirish mumkin:

xarajatlarning 20 foizini sug‘urta kompaniyasi, 80 foizini esa mijoz o‘z zimmasiga oladi.

Davolash faqat sug‘urta kompaniyasi bilan kelishilgan klinikada va tasdiqlangan davolash rejasi asosida amalga oshirilganda to‘lab beriladi.

Bu davolash sifatini ta’minlash va davolash jarayonini nazorat qilish imkonini beradi.

Ariza qoldiring — mutaxassis dastur shartlari haqida so‘zlab beradi va mos variantni tanlashga yordam beradi.